Детали видео

Davlat departamentining "Amerika Ovozi" ga tasdiqlashicha, O’zbekistonga 308 dona bronetransportyor, MRAP rusumidagi zirhli mashina, berilmoqda. Shuningdek, 20 dona zirhli remont-evakuatsiya mashinasi. Ularning transportirovkasi uchun respublikaning o’zi to’laydi va ta’minot bir necha bosqichda amalga oshirilmoqda. Bu mashinalar qay maqsadda ishlatiladi? Pentagon buni nazorat qiladi. Markaziy Osiyoga AQShdan hali bu qadar katta miqdorda harbiy vosita uzatilmagan. Hozircha mintaqada O'zbekistondan boshqa hech bir davlat bunday yordam olmagan.

Davlat departamentida Markaziy Osiyo bilan aloqalarga mas'ul Daniel Rosenblum bilan muloqotda bo'ldik. Nafaqat harbiy yordam, balki aloqalar ortidagi omillar, inson huquqlari va demokratiya targ'iboti, manfaatlar va maqsadlar, O'zbekistonda yaqinlashayotgan prezidentlik saylovlari haqida suhbatlashdik. Tafsilotlar bilan saytimiz amerikaovozi.comda tanishing.